Yangilik haqida batafsil

Yoshlar_kuni: MUAMMO VA YECHIM — OCHIQ MULOQOT MARKAZIDA

Joriy yilning 12-mart kuni O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda filial direktori A.Tishabayev, direktor o‘rinbosari O.Qambarov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshlig‘i M.Hamraliyeva, shuningdek, mahalla yoshlari hamda filialning yosh tinglovchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi va ahamiyati:

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan yoshlar siyosati doirasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni qiynab kelayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularning taklif va loyihalarini tinglash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rishdan iboratdir.

Muloqot jarayoni va muhokama qilingan masalalar:

Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar tomonidan sport sohasini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish hamda mahalla yoshlari o‘rtasida ommaviy sportni targ‘ib qilish bo‘yicha bir qator istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Muloqot yakunida filial direktori A.Tishabayev so‘zga chiqib, yoshlarning har bir taklifi filial rahbariyati uchun muhim ekanligini hamda bunday uchrashuvlar doimiy an’anaga aylanishini ta’kidladi.

Taqdim etilgan takliflarni hayotga tatbiq etish yuzasidan bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi. Bu kabi tadbirlar yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish bilan birga, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.