Filial haqida

Filial haqida

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni  qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 14-avgust kungi “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xuzurida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 658-sonli qaroriga muvofiq 2019 yilning yanvar oyidan boshlab, Farg‘ona shahar, Iste’dod ko‘chasi, 3-a uyda o‘z faoliyatini boshladi.

      Filialning asosiy maqsadi, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo'riqchilari, umumta’lim maktablari va professional ta'lim maktablari  jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari shuningdek, sport ta'lim muassasalarining trenerlari malakasini oshirish  hamda ilmiy-metodik xizmat ko‘rsatishdir.

      Filialda hozirgi kunda, Tishabayev Alisher Maxamatdjanovich rahbarligida sport bo‘yicha mutaxassislarning kasbiy, ma’naviy-ahloqiy saviyasini oshirish,  ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish yo‘lida “Ta'lim sifatini nazorat qilish va monitoring bo‘limi, “Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish” bo‘limi hamda "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan o‘qitishni tashkil etishbo‘limlari, “Sport psixologiyasi, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlar” va “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati ” kafedralari va professor-o‘qituvchilari  tomonidan izlanishlar olib borilmoqda. Ular tomonidan, soxaga oid ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilib faoliyat jarayoniga tadbiq etilmoqda.

    O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2026-yilda o‘tkaziladigan malaka oshirish kurslari reja-jadvali muvofiq, Farg‘ona filialda 2026-yilda jami 3043 nafar jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar malaka oshirishi belgilangan. Ushbu reja-jadvalga asosan tasdiqlangan malaka oshirish rejasi bilan ish yuritilib, malaka oshirib kelayotgan soha mutaxassislarining amaldagi nizom bo‘yicha o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kasbiy ko‘nikma va bilimlari sinovdan o‘tkazilib, yakuniy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga  malaka oshirganligini tasdiqlovchi davlat namunasidagi sertifikatlar berilib kelinmoqda. Hozirda sertifikatlarni onlayn yuklab olish imkoniyati ham yaratilgan.