Filial Nizomi
Akademiya huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali
USTAVI
Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PF-18-sonli Farmoni hamda 2023-yil 7-apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi PQ-114-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi “Akademiya huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-son qarori, Akademiya huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining 2024-yil 1-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining 2024-yil 24-yanvardagi 01/117-A/F-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi U-13-sonli buyrug‘iga muvofiq Akademiya huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali (bundan buyon matnda filial deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.