Yangilik haqida batafsil

Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ishchi guruhi Farg‘ona viloyatidagi Marg‘ilon shahar 2-son sport maktabida bo‘lib, bu yerda sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahallalarda yoshlarning  bo‘sh  vaqtini  mazmunli tashkil  qilish  bo‘yicha  amalga  oshirilayotgan ishlar, sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ishchi guruhi sport maktabi faoliyatiga oid  hujjatlarning yuritilishi, sport inshootlari, moddiy texnik bazasi holati, sport mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatib, sport maktabi trenerlari, o‘quvchilari hamda xodimlari bilan suhbatlashdi hamda ularning fikr va takliflari eshitildi.