Yangilik haqida batafsil
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 30-mart kuni ishchi guruhi Farg‘ona viloyatidagi Qo‘shtepa tumani sport maktabida bo‘lib, bu yerda sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Ishchi guruhi o‘rganishlar davomida sport maktabi faoliyatiga oid hujjatlar yuritishi, rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha sport maktabining sport inshootlari, moddiy texnik bazasi va trenerlar salohiyati, sport inventarlarining saqlash va samarali foydalanish holati bilan yaqindan tanishdi.
ishchi guruhi sport mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatib, sport maktabi trenerlari, o‘quvchilari hamda xodimlari, mahalla yoshlari bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflari eshitildi.


