Yangilik haqida batafsil
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhining Farg‘ona viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 29-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Ishchi guruh sport maktabi faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi, sport inshootlari, moddiy texnik bazasi holati, sport mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatib, sport maktabi trenerlari, o‘quvchilari hamda xodimlari bilan suhbatlashdi hamda ularning fikr va takliflari eshitildi.


