Yangilik haqida batafsil
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida joylashgan sport maktablari hamda Yoshlar ishlari agentligi faoliyati bilan tanishmoqda.
Joriy yilning 28-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Quvasoy shahar 1-sonli sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida sport maktabi faoliyatiga oid hujjatlarni yuritish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar to‘plami asosida haftalik ish grafigi hamda hujjatlar nomenklaturasi yo‘lga qo‘yilganlik holati, rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha sport maktabining sport inshootlari, moddiy texnik bazasi va trenerlar salohiyati tahliliy o‘rganilmoqda.
Shuningdek, sport maktabi trenerlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflarini eshitildi.



