Yangilik haqida batafsil
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Toshloq tumani sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Joriy yilning 29-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Toshloq tumani sport maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Ishchi guruh o‘rganish davomida sport maktabi faoliyatiga oid hujjatlar yuritishi, rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha sport maktabining sport inshootlari, moddiy texnik bazasi va trenerlar salohiyati, sport inventarlarining saqlash va samarali foydalanish holati, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi va tibbiy kartalar yuritishi holati shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.


