Yangilik haqida batafsil
Yoshlar siyosati va sport vazirligi ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi.
Joriy yilning 28-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyati Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Ishchi guruh Markazning sport inshootlari, moddiy texnik bazasi holati, sport mashg‘ulotlari jarayonlarini kuzatib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi hamda ularning fikr va takliflari eshitildi.
Shuningdek, Markazda haftalik amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlarni oldindan rejalashtirish hamda mas'ullarning hisobotlarini eshitish yuzasidan sohalar bo‘yicha namunaviy apparat yig‘ilishi o'tkazildi.
Yig‘ilishda joriy hafta davomida amalga oshiriladigan muhim vazifa va chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


