Yangilik haqida batafsil

“Yosh davrlar psixologiyasi” modulidan onlayn ochiq dars o'tkazildi

Joriy yilning 17-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o’qituvchisi Sh.Qurbonova Filialning “Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari” yo’nalishi “Maktab-4” guruhi tinglovchilari ishtirokida “Yosh davrlar psixologiyasi” modulidan “Yosh davrlarini tabaqalanishi va psixologik xususiyatlari: bilish jarayonlari, individual psixologik xususiyatlar, psixik holatlar” mavzusida Zoom ilovasi orqali onlayn ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.