Yangilik haqida batafsil
YORDAMCHI AI — Farg'ona filialida sun’iy intellekt asosidagi aqlli yordamchi tizimi
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huziridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sizni endi aqlli ovozli yordamchi kutib oladi!
Tugma bosish shart emas — faqat "Yordamchi" deb chaqiring, u sizni eshitadi va javob beradi.
Sun’iy intellekt tizimiga ega yordamchi imkoniyatlari:
- Uch tilda muloqot qiladi — o'zbek, rus va ingliz
- Savollarga sun'iy intellekt asosida aqlli javob beradi
- Tashrif buyuruvchini yuzidan tanib, ism bilan kutib oladi
- QR kodli raqamli navbat beradi
- Kerakli xona va qabulgа yo'naltiradi
- Sport turlаri bo'yicha dars jadvalini ko'rsatadi
- Institut telegram kanalidagi so'nggi yangiliklarni real vaqt rejimida ko'rsatadi
- Tezkor e'lonlarni masofadan yuborish orqali ovozda yetkazadi.
- Nufuzli mehmonlаr tashrifini "Mehmonlar kitobiga" qayd etadi
-Dars jarayonlari vaqtini nazorat qiladi va tanaffus paytlarida habar beradi
- Tizim 24/7 uzluksiz ishlaydi, har oylik statistikа to'playdi va xavfsiz himoyalangan.


