Yangilik haqida batafsil

Xorijiy mutaxassis ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi

Joriy yilning 8-iyun kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini  oshirish instituti Farg‘ona filialida Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Pyotr Fransevich Lesgaft” nomidagi Jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish milliy davlat universiteti professori p.f.n A.V.Maslennikov ishtirokida “Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. Ushbu onlayn seminarda Farg‘ona filialining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi hamda mavzuga oid savollariga soha mutaxassisi tomonidan javob olindi.