Yangilik haqida batafsil
Xorijiy mutaxassis ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi
Institutning 2022-yilgi rejasiga binoan xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, ushbu reja ijrosini ta’minlash hamda Filial professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari tajribalarini yanada oshirish maqsadida Neftchi PFK Bosh treneri yordamchisi Milan Chirich (Serbiya) bilan uchrashuv hamda mahorat darslari o‘tkazildi.
Futbol guruhi tinglovchilariga Milan Chirich "8-15 yoshli futbolchilarni tayyorlashda xalqaro tajiribalar yordamida yondashish" mavzusida nazariy bilimlarni taqdimot va videolar orqali tinglovchilarga tushuntirib berdi. Olingan nazariy bilimlar kunning ikkinchi yarimida amaliy mashg‘ulotlar bilan davom ettirildi. Amaliy mashg‘ulotlarda Filial bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan Farg‘ona viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (mahorat maktabi) U-12 yosh toifasidagi guruh futbolchilari ham ishtirok etishdi.


