Yangilik haqida batafsil
Xoldarov Baxtiyor Xidirovich Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Xoldarov Baxtiyor Xidirovich Farg‘ona filiali 2023-yil iyun oyi “O‘zbek jang san’ati” guruhi tinglovchisi. Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani sport maktabi Ushu treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 98 ball toʻplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari:
O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g‘olibi. Sport ustasi.
Trener sifatida: Jahon chempioni 1 nafar, sovrindori 1 nafar; Osiyo chempioni 2 nafar, sovrindori 3 nafar; O‘zbekiston chempioni 12 nafar,sovrindorlari 15 nafar; Sport ustasi 4 nafar, Sport ustaligiga nomzod 25 nafardan ziyod sportchilarni tayyorlagan.

