Yangilik haqida batafsil

Xalqaro tajriba

Respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularning amaliy yondashuvlarini tahlil qilish va samarali jihatlarini institut hamda filiallar faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Institutning Farg‘ona filiali “Ta’lim sifatini nazorat qilish va monitoring” bo‘limi mutaxassislari Farg‘ona shahrida joylashgan Koreya xalqaro universiteti hamda Latviya Respublikasining Axborot tizimlari menejmenti oliy maktabi (ISMA) Farg‘ona filialiga amaliy tashrif uyushtirdilar.
Uchrashuv davomida xorijiy universitetlar tomonidan ta’lim sifatini oshirish borasida qo‘llanilayotgan usullar, o‘quv mashg‘ulotlarini interaktiv metodlar asosida tashkil etish, ta’lim jarayonini muntazam monitoring qilish kabi ilg‘or tajribalar atroflicha o‘rganildi.