Yangilik haqida batafsil
Xalqaro sertifikat muborak!
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va masofadan oʻqitishni tashkil etish boʻlimi boshligʻi A.Rahmatjonov Coursera xalqaro onlayn platformasida Google kompaniyasining axborot texnologiyalari boʻyicha “Google Information technology (IT) Support Professional” 5 ta moduldan iborat kursini muvaffaqiyatli tamomlab xalqaro tan olingan professional IT-sertifikatiga ega boʻldi. Filial jamoasi A.Rahmatjonovning kelgusi ishlarida ham zafarlar tilab qoladi.


