Yangilik haqida batafsil
Xalqaro anjumanga tayyorgarlik jarayonlari
Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislari qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida 2023-yilning 23-24-iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Globallashuv jarayonida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizmidagi dolzarb muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga tayyorgarlik masalalari yuzasidan filial direktori A.Tishabayev rahbarligida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda A.Tishabayev xalqaro anjumanga oz fursat qolganligi hamda anjuman qatnashchilariga puxta tayyorgarlik ko’rish borasida so’z yuritdi.


