Yangilik haqida batafsil

Ustozlar e'tirofi: Xankeldiyev Sher Xakimovich
Xankeldiyev Sher Xakimovich
 
- Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori.
- Umumiy mehnat  staji 62 yil. Jismoniy tarbiya va sport sohasining Farg‘ona vodiysi bo‘yicha yetuk mutaxassislaridan biri bo‘lib, sohani  yanada rivojlantirishda o‘z mehnatini ayamasdan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
- Sh.X.Xankeldiyev “Gimnastika” sport turi bo‘yicha sport ustasi  va xalqaro toifadagi hakam. Bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. U 1972-yilda Sport fiziologiyasi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 
- 1979-yildan “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi”. 1992-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda 1994-yilda professor ilmiy unvonini olgan.
- Sh.X.Xankeldiyev O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshidagi “Jismoniy tarbiya va sport  mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisoslashgan ilmiy kengashining  a’zosi.
Shu kungacha 14 nafar fan nomzodi va  dotsentlar, 21 nafar magistrlarni tayyorladi. Ilmiy pedagogik faoliyati davomida shu kungacha 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar xalqaro jurnallar, Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi jurnallarda chop etilgan.  
- 2020-yilda “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
- Sh.X.Xankeldiyev sportchi olim sifatida nafaqat O‘zbekistonda balki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida ham taniqli olimdir.