Yangilik haqida batafsil
Ustozlar e'tirofi: Abdullayev Abduvali
Abdullayev Abduvali
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish insituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi hamda Farg‘ona davlat universitetining jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi dotsenti
Umumiy mehnat staji 57 yil. 1972-1976 yillari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida stajyor-tadqiqotchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan va aspiranturani tamomlab, “O‘zbekiston qishloq maktablarida jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlarni aspektlari” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan.
A.Abdullayev 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar muallifi. Ilmiy maqolalaridan 20 dan ortig‘i xorijiy mamlakatlarning nufuzli jurnallarida chop etilgan. 2005-yili chop etilgan “Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun soha mutaxassislarini tayyorlash darsligining 3-to‘ldirilgan nashri muallifi.
2020-yilda “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
