Yangilik haqida batafsil
Sport musobaqasi o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol turidan sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqani filial “jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o’qituvchisi R.Kuzibayev boshqarib bordi.


