Yangilik haqida batafsil

Sotvoldiyeva Nilufar Tursunovna Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʼplab IMTIYOZIGA ega boʼldi.
Fargʻona filiali 2023-yil noyabr oyi “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi. Fargʻona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi stol tennisi treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra 90 ball toʼplab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʼgʼridan-toʼgʼri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʼldi. Shaxsiy yutuqlari: koʻp marotaba Oʻzbekiston chempioni, Xalqaro turnirlar gʼolibi. Shvetsiyada oʻtkazilgan Butunjahon yoshlar oʻyinida 2ta oltin medal sohibasi. Sport ustasi. Oliy toifali murabbiy.
Trener sifatida: 
Oʻzbekiston chempioni va sovrindori 20 nafardan ortiq;
Sport ustaligiga nomzod 20 nafardan ortiq sportchilarni tayyorlagan.