Yangilik haqida batafsil

Sh.X.Xonkeldiyev ishtirokida Filial professor-o’qituvchilari hamda tinglovchilari bilan Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasida seminar tashkillandi

Joriy yilning 22-aprel kuni Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Farg'ona filialida Farg‘ona Davlat Universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi professori Sh.X.Xonkeldiyev ishtirokida Filial professor-o’qituvchilari hamda tinglovchilari bilan Jismoniy tarbiya fanini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasida seminar tashkillandi. Professor Sh.X.Xonkeldiyev yig’ilganlarga jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy takomillashtirish borasidagi fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashib, ularni amaliy ravishda ko‘rsatib berdi. Shuningdek, mashqlarning  almashinishi  va o‘zaro  aloqada  bo‘lishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  izchillik,  mashg‘ulotlarning muntazamliligi  yuklama  va  dam  olishning  optimal  almashinuvi  ham  asosiy shartlardan hisoblanishi xususida seminar qatnashchilariga asosli tarzda tushunchalar berib o’tildi. Seminar bahs-munozaralarga boy o’tdi hamda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.