Yangilik haqida batafsil

Sayohat

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari “Moziyga sayohat” rukni ostida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Mazkur sayohat davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan boy tarixiy va madaniy meros namunalarini tomosha qilib, ajdodlarimizning ilm-fan, ma’naviyat va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, qadimiy qo‘lyozmalar, nodir asarlar hamda zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ushbu tashrif ichki turizmni rivojlantirish, yurtimizdagi muhim tarixiy obidalar va zamonaviy majmualar bilan yaqindan tanishish hamda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qilmoqda.