Yangilik haqida batafsil

Rossiya Federatsiyasi Shimoliy-Sharqiy federal universiteti dotsentlari Farg‘ona filialida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Joriy yilning 3-mart kuni Rossiya Federatsiyasi Shimoliy-Sharqiy federal universitetining pedagogika fanlari nomzodi dotsent Kudrin Yegor Petrovich hamda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Druzyanov Ivan Ivanovichlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, maxsus jihozlangan ma’naviy-ma’rifiy, sport hamda boshqa turdagi jihozlangan xonalar, filialning axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 
Shuningdek, tashrif davomida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va sohadagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.