Yangilik haqida batafsil

Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatida
Joriy yilning 27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 24-mart kungi 01/324-A/F-sonli “Hududlarda yoshlar bilan ishlash va sport sohasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish hamda tizim tashkilotlarining faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori I.Tursunaliyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, Farg‘ona viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasida haftalik amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlarni oldindan rejalashtirish hamda mas'ullarning hisobotlarini eshitish yuzasidan sohalar bo‘yicha namunaviy apparat yig‘ilishi o'tkazildi. 
Ushbu yig‘ilishda o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan mas'ullarning hisobotlari birma-bir eshitildi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘ba boshliqlari va bosh mutaxassislarga haftalik ishlarni rejalashtirish va ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.