Yangilik haqida batafsil

Rahbar va yoshlar uchrashuvi Fargʻona filiali

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali direktori, dotsent A.Tishabayev ishtirokida "Yoshlar kuni" munosabati bilan yosh sportchilar uchun Farg‘ona Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga  tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. 
Ushbu uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Unda A.Tishabayev yosh sportchilarning erishayotgan yutuqlari, ularning kelajakdagi rejalari va sohadagi mavjud muammolar bilan yaqindan tanishdi. Muloqot yakunida yoshlarning takliflari tinglanib, ularning kasbiy mahoratini oshirish va sportdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.