Yangilik haqida batafsil
Quva tumanida Stol tennisidan tuman birinchiligi o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-fevral kuni Quva tumanida Stol tennisi sport turidan tuman birinchiligi musobaqalari tashkillandi.
Ushbu musobaqada Farg‘ona filiali “Stol tennisi” guruhi tinglovchilari ham ishtirok etdi.
Musobaqada faxrli 1 o‘rinni Filialning “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi Fatxullayev Abror Abdurashid oʻgʻli,
2 o‘rinni Quva tumani vakili Hamdamov Izzatillo hamda 3-o‘rinni Filialning “Stol tennisi” guruhi tinglovchisi Muxammadjonova Muzayyan Muzaffar qizi egalladilar.



