Yangilik haqida batafsil
Pedagogika fanlari doktori Xonkeldiyev Sher Xakimovichning 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-mart kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi hamda Farg‘ona Davlat universitetining “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Xonkeldiyev Sher Xakimovichning 85 yilligiga bag‘ishlangan “Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat mutaxassislarini kasbiy nazariy va amaliy tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Ushbu anjumanda O‘zbekiston va MDH davlatlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, yosh olimlar va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Ilmiy anjumanni Farg‘ona davlat universiteti rektori, p.f.d., professor B.Shermuhammadov ochib berdi.
Ushbu anjumanda Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori, professor I.Tursunaliyev ham ishtirok etib, Sh.Xonkeldiyevning 85 yillik yubileyi bilan tabriklab, so‘ngra Jismoniy madaniyat mutaxassislari uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirishga nazariy yondashuv borasida so‘z yuritdi.
Shuningdek, ushbu anjumanda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidan pfn. professor F.Xodjayev, pfn. professor O.Jumanov, pfn. professor A.Talipdjanov, dotsent A.Tolametov, institutning Farg‘ona filialidan direktor A.Tishabayev, direktor o‘rinbosari B.Bekov, dotsent O.Qambarov va boshqa professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.



