Yangilik haqida batafsil

Pedagogik amaliyot tashkil etildi
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg’ona filialida 2023-yil 26-may kuni  “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi  dotsenti O.Nazirov tomonidan Farg’ona shahar 13-umumta’lim maktabida Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari 6-guruh tinglovchilari uchun pedagogik amaliyot tashkil qilindi.
Pedagogik amaliyot davomida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari maktab faoliyati, ish hujjatlarni yuritish, jismoniy tarbiya darsining pedagogik tahlili, pedagogik amaliyotning mazmun-mohiyati va uni tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.