Yangilik haqida batafsil

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA O'RQ-815

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 24-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 19-noyabrda ma’qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-394-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 9, 340-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

1) 12-modda birinchi qismining:

to‘qqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 39-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi hamda foydalanishga topshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda) 25-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

uchinchi qism chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 797-modda) 6-moddasining beshinchi xatboshisidagi “tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 17-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“tekshirishni belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha amalga oshirish”;

uchinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 10-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2007-yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 217-modda, № 4, 340-modda) 46-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-97-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:

to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-155-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2020-yil, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 803-modda) 37-moddasining ikkinchi qismidagi “bojxona organlari va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘RQ-440-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 4, 337-modda) 7-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini elektron tarzda yuritish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasidagi sohalar bo‘yicha belgilangan tartibda taqdim etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligi ro‘yxati asosida shakllantiriladigan majburiy talablarning elektron reyestrini yuritish”;

sakkizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.

9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-677-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar, № 4, 340-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 11-moddaning:

to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi xatboshisi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;

2) 12-modda ikkinchi qismining:

beshinchi — sakkizinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;

to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi xatboshisi “takomillashtirilishini” degan so‘zdan keyin “va auditorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik talablariga auditorlik tashkilotlari tomonidan rioya etilayotganligi yuzasidan mazkur dasturiy majmua orqali masofaviy monitoring amalga oshirilishini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

3) 13-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi:

auditorlik faoliyatining standartlari;

Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro assotsiatsiyalarning a’zolari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ushbu Qonun 44-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan Auditorlar reyestridagi ma’lumotlar;

auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi;

majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari;

auditorlik xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot”;

4) 15-moddaning uchinchi qismi:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“malaka imtihonini o‘tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatish tartibini, auditorlarning malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;

malaka imtihonini o‘tkazadi;

auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, uning amal qilish muddatini uzaytiradi va auditorning malaka sertifikati amal qilishini tugatadi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan sertifikat mustasno”;

5) 18-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Auditorlar malakasini oshirish kurslari auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy dastur bo‘yicha o‘tkaziladi”;

6) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “vakolatli davlat organi tomonidan” degan so‘zlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 20-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Malaka imtihonini o‘tkazish reglamenti vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan belgilanadi”;

8) 22-modda:

birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 23-moddaning:

birinchi qismidagi “Vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi — to‘qqizinchi qismlari tegishincha uchinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismidagi “vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi “vakolatli davlat organining” degan so‘zlar “auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 24-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, auditorlarning respublika jamoat birlashmasi qabul qilingan qaror to‘g‘risida talabgorni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda uch ish kuni ichida yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi”;

11) 25-moddaning:

birinchi qismidagi “vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “auditorlarning respublika jamoat birlashmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “bir oylik muddatda vakolatli davlat organiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida” degan so‘zlar “sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga sertifikatni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida bir oylik muddatda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yaroqsiz holga kelgan sertifikat uni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim”;

oltinchi qismi chiqarib tashlansin;

12) 26-modda:

ikkinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “vakolatli davlat organining” degan so‘zlar “auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi “Vakolatli davlat organining” degan so‘zlar “Auditorlar respublika jamoat birlashmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sertifikatni bergan auditorlar respublika jamoat birlashmasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim”;

to‘qqizinchi qismidagi “vakolatli davlat organiga” degan so‘zlar “uni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

13) 29-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“o‘z veb-saytini yuritishi va uni faol holatda saqlab turishi”;

o‘n to‘qqizinchi xatboshisi yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin;

14) 35-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“birjalar”;

15) 43-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“ushbu Qonun 27-moddasining oltinchi qismida belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda”;

ikkinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

16) 44-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Vakolatli davlat organining va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining rasmiy veb-saytlariga Auditorlar reyestridagi tanishish uchun ochiq bo‘lgan ma’lumotlar joylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi”.

10-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

11-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 20-yanvar,

O‘RQ-815-son

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)