Yangilik haqida batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan topshiriqlarni joylarda keng targ‘ib etish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi ta’minlash, yig‘ilishda ilgari surilgan topshiriqlarni joylarda keng targ‘ib etish maqsadida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori, professor I.A.Tursunaliyev Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialida malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida o'tgan uchrashuvda tinglovchilar Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan islohotlar ijrosini ta'minlashda har bir mutaxassis daxldorlik hissi bilan ishlashi kerakligini ta'kidladilar.