Yangilik haqida batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-392-son qarorida belgilangan vazifalari yetkazish o'yich seminar tashkillandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-392-son qarorida belgilangan har bir vazifani ijrochilarga batafsil tushuntirib berish hamda qaror mazmun-mohiyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari o‘rtasida keng targ‘ibot-tashviqot qilish hamda ular faoliyatiga ko‘maklashish bo‘yicha hududlarda seminarlar tashkillash bo‘yicha tasdiqlangan Reja-grafigiga asosan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali professor-oʻqituvchilari va soha mutaxassislari, hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda sport boshqarmalari mas’ullari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida seminarlar davom etmoqda. Jumladan Qusoy shahar 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida hududdagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun seminar tashkillandi.



