Yangilik haqida batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari hamda Farg‘ona davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Musayev Azizbek Baxriddinovich ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Azizbek Musayev tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan tabrikladi. A.Musayev tadbir qatnashchilariga konstitutsiyaning yaratilishi tarixi, uning tuzilishi hamda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berdi.



