Yangilik haqida batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” mavzusida  davra suhbati o'tkazildi. Suxbat davomida tinglovchilar tomonidan mustaqilligimizning qo‘lga kiritilishi, mustabid tuzum sharoitida mamlakatimiz axolisining yashash tarzi, jadidchilar harakati va namoyondalarining xalq ozodligi yo‘lida olib borilgan ishlari haqida fikrlar o‘rtoqlashildi. Davra suhbati davomida mavzuga oid videolavxa va taqdimot namoyish etildi.