Yangilik haqida batafsil
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil!
Bu yil O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tashkil topganiga 120 yil to‘lishi munosabati bilan ishda va o‘qishda faollik ko‘rsatayotgan 50 nafar yoshlar sayohatga jo‘natildi!
Marg‘ilon temiryo‘l vokzalidan — Toshkent sari!
Ular 3 kun davomida poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar.
Quvonarlisi shundaki, sayohatchilar orasida: N.Mamadjanova hamda I.Abdukadirova bor! Ular — O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida mehnat faoliyatini olib borayotgan fidoyi yoshlarimizdir!


