Yangilik haqida batafsil
O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yilligi munosabati bilan!
O‘zbekiston Kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlangan mini-futbol musobaqasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filiali yigitlaridan tuzilgan jamoa shahar bosqichida 12 ta jamoa orasida faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘l olgandi!
"O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi KUBOGI" uchun kurash qizg‘in davom etdi hamda jamoamiz endi viloyat bosqichida 21 ta jamoa orasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!



