Yangilik haqida batafsil

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Farg‘ona filialida: Ta'lim sifati va kelgusi rejalar diqqat markazida

Joriy yilning 24-aprel kuni  O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori, professor I.A.Tursunaliyev Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filialiga tashrif buyurib, filialda xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, oʻquv auditoriyalari, axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar, sport ta'limida innovatsion metodlar va ilg'or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish zarurati yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.