Yangilik haqida batafsil

O‘zbekiston Davlat Bayrog‘i qabul qilinganining 31 - yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkillandi.

O‘zbekiston Davlat Bayrog‘i qabul qilinganining 31 - yilligiga bag‘ishlab Jismoniy tarbiya va sport  bo‘yicha  mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida bir qator tadbirlar tashkillandi. Tadbirni Sport psixologiyasi, ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri  N.E.Yuldasheva ochib berdi. Shundan so‘ng filialda tinglovchilar bilan “18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” mavzusida Farg‘ona Davlat universiteti “Tarix Tarix fakulteti 2- kurs magistrlari Karimov Alisher Shuxratovich ishtirokida seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda Karimov Alisher Shuxratovich noyabr oyi  jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, Jismoniy tarbiya instruktorlari  yo‘nalishi  tinglovchilariga bayroq so‘zining  lug‘aviy maʼnosi, uning paydo bo‘lishi hamda mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘ini qabul qilinish tarixi, bayroq ranglari va undagi ramzlarni kelib chiqishi va qaysi maʼnoni anglatishi haqida so‘zlab berdi.