Yangilik haqida batafsil
Omonboev Furqat Qudratjon o‘g‘li IMTIYOZIGA ega bo‘ldi.
Farg‘ona filiali 2023-yil sentabr oyi "Boks" guruhi tinglovchisi. Namangan viloyati Namangan shahri sport maktabi boks treneri.
Kasbiy faoliyat natijalariga ko‘ra 90 ball to‘plab malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda to‘g‘ridan-to‘gʻri malaka oshirish sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega bo‘ldi.
Shaxsiy yutuqlari: Sport ustaligiga nomzod. Oliy toifali trener.
Trener sifatida: Xalqaro turnirlar g‘olib va sorvindorlari 3 nafar, O‘zbekiston chempionati g‘olib va sorvindorlari 11 nafar, Sport ustasi 1 nafar, Sport ustaligiga nomzod 20 nafardan ortiq sportchilarni tayyorlagan.


