Yangilik haqida batafsil
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Fargʻona filiali dotsentining dissertatsiya ishi seminari boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi dotsenti Qambarov Orzubek Faxriddinovichning 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha “Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish asosida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining seminari boʻlib oʻtdi.
Seminar soʼnggida O.Qambarovning dissertatsiyasi yuzasidan fikr, mulohaza va takliflar tinglandi hamda 100% natija bilan keyingi bosqichga oʼtdi. Orzubek Qambarovni filial jamoasi nomidan tabriklaymiz!
