Yangilik haqida batafsil

Norkulov Doniyorbek Rahmiddinovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filialining "Jismoniy  tarbiya, sport  nazariyasi  va  uslubiyati" kafedrasi o'qituvchisi Norkulov Doniyorbek Rahmiddinovichning 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va  metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy mutaxassislikka ega bo‘lgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasini regional xususiyatlari” mavzusidagi (pedagogika fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2022-yil 17-mart kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.