Yangilik haqida batafsil

Nazirov Kudrat Yuldashevichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

2025-yil 5-avgust kuni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida Fargʻona filiali "Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professori, mustaqil izlanuvchi Nazirov Kudrat Yuldashevichning “Malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligidan psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.  

Filial jamoasi Kudrat Yuldashevichni ushbu muvaffaqiyatli o‘tgan dissertatsiya ishi himoyasi bilan samimiy qutlaydi!