Yangilik haqida batafsil
Namanganda “Lider trener” loyihasining navbatdagi seminari tashkillandi.
O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan Namangan viloyati Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Lider-Trener” loyihasining 2-qadami doirasida “Istiqbolli strategik rejalar tuzishni 8 qoidasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda trenerlar, sport mutaxassislari hamda jismoniy tarbiya sohasi vakillari ishtirok etdi. Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan strategik rejalashtirishning ahamiyati va uni sport sohasida qoʻllash imkoniyatlari yuqori baholandi.

