Yangilik haqida batafsil
Namangan viloyatida 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi
Joriy yilning 23-may kuni Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida jismoniy tarbiya yo'riqchilari hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun 3+1 tizimi orqali malaka oshirish kursining amaliy mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Filial direktor o'rinbosari v.b. O.Qambarov, Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva, “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish joylari va tartibi haqida tushunchalar berildi.


