Yangilik haqida batafsil

Namangan viloyati Chust tumani sport maktabi treneri Raxmonov Muxammadali tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi

Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi  355 -sonli qarori 19-bandiga muvofiq, kasbiy faoliyat natijalariga ko'ra 87 ball to'plab, muqobil malaka oshirish talabini bajargan noyabr oyi tinglovchisi, Namangan viloyati Chust tumani sport maktabi stol tennisi bo‘yicha treneri Raxmonov Muxammadali Mansurjon oʻgʻli tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi. Ushbu mahorat darsida M.Raxmonov tomonidan stol tennisi texnikasi  va qonun-qoidalari, musobaqada texnik harakatlar bo‘yicha amaliy ko‘rsatma va tavsiyalar berib o‘tildi.