Yangilik haqida batafsil
Muqobil shaklga o'tkazildi: Isakov Ravshanbek Mo’ydinjonovich
Isakov Ravshanbek Mo’ydinjonovich
Farg‘ona filiali 2023-yil may oyi “Belbog‘li kurash” guruhi tinglovchisi. Andijon viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Belbog’li kurash treneri.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvon sohibi bo’lganligi sababli malaka oshirish kurslaridan ozod qilindi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri malaka sertifikatini olish IMTIYOZIGA ega boʻldi.
Shaxsiy yutuqlari:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvon sohibi, 24 karra O‘zbekiston chempioni, 11 karra O’rta Osiyo chempioni, Xalqaro turnirlar g’olibi, 2 karra Jahon chempioni, Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Trener sifatida: Jahon chempionlari 30 nafardan ortiq,
Osiyo chempionlari 20 dan ortiq,
O‘zbekiston chempioni 100 nafardan ortiq; Xalqaro toifadagi sport ustasi 10 dan ortiq,
Sport ustasi 50 dan ortiq, Sport ustaligiga nomzod 100 nafardan ortiq sportchilarni tayyorlagan.

