Yangilik haqida batafsil
MUAMMO VA YECHIM — OCHIQ MULOQOT MARKAZIDA
Joriy yilning 4-iyun kuni Andijon Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda Institutning Farg‘ona filiali Qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish boʻlimi boshligʻi M.Hamraliyeva, filialning iyun oyi tinglovchilari hamda markaz yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi:
•Yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni bevosita "yuzma-yuz" muloqot orqali aniqlash;
•O'rtaga tashlangan masalalarga joyida yechim topish va amaliy choralar ko'rish.
Muloqot davomida sport sohasida yangi innovatsion loyihalarni tatbiq etish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.


