Yangilik haqida batafsil

"Mini futbol" sport turidan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida musobaqa va mashg'ulotlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi "Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi PQ-443-son Qaroriga ko‘ra haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida  belgilandi, shu munosabat bilan joriy yilning 16-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg‘ona filialida sport targ‘ibotchisi M.Ne’matov tomonidan "Mini futbol" sport turidan filial professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida musobaqa va mashg'ulotlar tashkil etildi.