Yangilik haqida batafsil

Ma’naviyat maskaniga sayohat: San’at va ta’lim uyg‘unligi

Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchilari hamda fevral oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun bugungi kun chinakam madaniy hordiq va ma’naviy ozuqa lahzalariga boy bo‘ldi.
Yurtimizda madaniyat va san’atni rivojlantirish, yoshlar va mutaxassislarning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida, filial jamoasi Yusuf-qiziq Shakarjonov nomidagi Farg'ona viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar. 
Teatrda namoyish etilgan spektakl barchada katta taassurot qoldirdi. Sahna asaridagi mahoratli ijrolar, musiqiy bezaklar va asarning chuqur falsafasi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.