Yangilik haqida batafsil

Mahorat_darsi | Fargʻona filiali malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Kasbiy faoliyat natijalariga koʻra muqobil malaka oshirish talabini bajargan Institutning Fargʻona filiali mart oyi tinglovchilari tomonidan mahorat darslari oʻtkazilmoqda.
???? Andijon viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining Yunon-rum kurashi treneri:
U.Usmanov — “Yunon-rum kurashida texnik usullarning bajarilishi”;
???? Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar 1-son sport maktabi Yunon-rum kurashi treneri:
Z.Olimjonov — “Yunon-rum kurashida xavfli holatda ushlashlar va undan chiqish yo‘llari”;

Mazkur mahorat darslari davomida tinglovchilar sport turlarini oʻqitish va mashgʻulot jarayonlarini tashkil etishda amaliy tajriba, zamonaviy metodik yondashuvlar hamda muhim kasbiy koʻnikmalarga ega boʻldilar.